Loyihamiz hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishga qarshi (ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi va Jinoyat kodeksining 202/1-moddasi) qonunlarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida davlat organlari xodimlari uchun uslubiy material ishlab chiqish va nashr etishga qaratilgan. Bu qonunlar tashkilotimiz tavsiyalari asosida qabul qilingan bo‘lib, maqsadimiz amalda ish olib borish, hayvonlarni shafqatsizlikdan asrash, adolatni ta’minlashdir.
Loyihani amalga oshirish uchun 2 000 000 so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi: 350 000 so‘m ro‘yxatga olish uchun, 1 650 000 so‘m esa 30 nusxada qo‘llanmani nashr etish uchun sarflanadi. Sizning yordamingiz hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikga qarshi kurashda muhim vositaga aylanadigan tavsiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi, ishimizni yanada samarali qiladi va ko'plab hayvonlarning hayotini yaxshilaydi.

813